Tayvanda yonib ketgan turistik avtobus haydovchisi mast holda rulga o‘tirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda, Taoyuan uyezdi prokuraturasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Sud tibbiy ekspretizasi tekshiruvlari yakunlariga ko‘ra, haydovchining qonida alkogol miqdori me’yoridan to‘rt barobar yuqori bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 19-iyul kuni Taoyuan aeroportiga ketayotgan turistik avtobus shosse to‘sig‘iga urilib, olov oldi. 24 nafar xitoylik turist, mahalliy gid va haydovchi yong‘in qurboni bo‘ldi.
Izoh (0)