Suriyaning Idlib viloyatida “Bolalarni qutqarish” xalqaro xayriya tashkilotiga tegishli tug‘ruqxona bombalandi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Independent nashrining tashkilot vakili Kerolayn Anningga tayanib bildirishicha, aviazarba oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, ko‘plab insonlar yaralandi.
Suriya inson huquqlari observatoriyasi havo zarbalari tug‘ruqxona va fuqarolik mudofaasi obyektiga berilganini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)