AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton AQSh prezidentlik lavozimiga Demokratik partiyadan nomzod bo‘lishga rasman rozi bo‘ldi. Bu haqda Fox News ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Men Qo‘shma Shtatlar prezidentligi lavozimiga sizning nomzodingizni qabul qilaman”, — dedi u Filadelfiya shahridagi (Pensilvaniya shtati) yakuniy qurultoyda.
Klinton o‘z nutqida AQSh nimaga qarshi kurashishi lozim ekanligini anglayotganligi va bu sinovlardan qo‘rqmasligini ta’kidladi.
Demokratlardan nomzod Qo‘shma Shtatlar uning rahbarligida uning respublikachilardan raqibi milliarder Donald Tramp taklif qilayotgandek “devor qurmasligi”ni, buning o‘rniga allaqachon mamlakat iqtisodiyotiga o‘z ulushini qo‘shayotgan millionlab muhojirlarga fuqarolik berishning imkonini topishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)