Hindistonda baqqollik do‘koni egasi eng quyi kastaga (toifaga) mansub oilaviy juftlikni 15 rupiya (22 sent) miqdoridagi qarz tufayli chopib tashladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, er-xotin 28-iyul kuni Uttar-Pradesh shtatida o‘ldirilgan. Ular ishga ketayotib baqqollik do‘koni yaqinidan o‘tarkan, do‘kon egasi ulardan qarzini qaytarishni talab qilgan.
Erkak maosh olib, ishdan qaytayotganida qarzini uzishini aytgan. Ammo bundan qoniqmagan do‘kondor baqira ketgan. Shunga qaramay, juftlik yo‘lida davom etgan. Bundan battar g‘azablangan do‘konchi bolta olib, ularga tashlangan. Jinoyatchi erkakning boshini uzib tashlagan, so‘ng eriga yordam berishga uringan ayolni o‘ldirgan.
Marhumlardan uch farzand qolgan.
Halok bo‘lganlar eng past tabaqalardan biri hisoblanuvchi dalitlar vakillari edi.
Izoh (0)