AQSh va Chelyabinsk jarrohlari guruhi tajriba orttiruvchi shifokorlar xalqaro seminarining ikkinchi bosqichi doirasida olti kunlik chaqaloqning yuragida operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Chelyabinsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Biz amerikalik hamkasblar bilan birgalikda og‘ir yurak kasalligi bilan tug‘ilgan chaqaloqda operatsiya o‘tkazdik. Bolaning vazni bor-yo‘g‘i 1 800 gramm bo‘lib, operatsiyasiz u bir oydan ortiq yashamas edi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Chelyabinsklik jarrohlar “Yurakdan yurakka” birlashmasi bilan ikkinchi yil ishlamoqda. Bu jamoatchilik birlashmasi bo‘lib, uning maqsadi kardiojarrohlik zamonaviy texnologiyalarini butun dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish va tug‘ma yurak xastaligi bor bolalarga yordam ko‘rsatishdan iborat.
Izoh (0)