Xitoy Rossiya bilan hamkorlikda Janubiy Xitoy dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
XXR mudofaa vazirligi vakili polkovnik Yang Yujinning so‘zlariga qaraganda, mashg‘ulotlar dengiz va havo mashqlaridan tarkib topib, sentabr oyida o‘tkaziladi. Manyovrlar o‘tkaziladigan aniq joy aytilmayapti.
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad — ikki mamlakat harbiy idoralari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va dengiz tahdidlariga qarshi turishga tayyorgarlik darajasini tekshirish.
Izoh (0)