Venesueladagi Kurikuao hayvonot bog‘ida oxirgi yarim yilda surunkali ochlikdan 50 jonivor halok bo‘ldi. Bu haqda, The Evening Standard’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Halok bo‘lgan jonivorlar orasida Vyetnam cho‘chqalari, tapirlar, quyonlar va qushlar bor — ularga ikki hafta mobaynida ovqat berilmadi. Boshqa jonivorlarning hayoti tahlika ostida.
Prokuratura voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.
Ayni paytda hayvonot bog‘ida go‘sht yo‘qligi bois yo‘lbarslar va sherlar mango va qovoq, fillar esa tropik mevalar bilan boqilmoqda.
Izoh (0)