Rossiyaning “Sports.ru” sayti doping mojarosiga aralashib qolganiga qaramay, Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ishtirok etayotgan xorijlik 13 nafar sportchining nomini keltirdi.
Maqolada taqiq faqatgina rossiyalik sportchilar uchun bo‘lgani qayd etilib, qolgan sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat berilishi teng huquqlilik normalariga zid ekani ta’kidlangan.Tayson Gey (AQSh)
Yengil atletika (sprint)33 yoshUch karra jahon chempioni
2003-yil Tayson Gey Olimpiadaning kumush medalini aynan shunday mojaro sabab yo‘qotdi va Moskvadagi Jahon Chempionatini o‘tkazib yubordi. USADA bilan kelishuvdan keyin sportchiga qo‘yilgan taqiq 2 yilga qisqartirildi, uning murabbiyi esa 8 yilga chetlatildi.Jastin Getlin (AQSh)
Yengil atletika (sprint)34 yoshOlimpiada chempioni, ikki karra jahon chempioni
2001-yil Getlin amfetamin bilan qo‘lga tushdi va uni 1 yilga sportdan chetlatishdi. 2006-yilga kelib esa undan testosteron moddasi keragidan ko‘p topildi hamda 8 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Biroq bu bu holat 4 yilga qisqartirib qo‘yildi.LaShoun Merrit (AQSh)
Yengil atletika (sprint)30 yoshIkki karra Olimpiada chempioni
2010-yil sportchi testosteron bilan ushlandi. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi reglamentga ko‘ra uni 2012-yilgi London Olimpiadasidan chetlatdi. Merrit esa Xalqaro Arbitraj Sudiga murojaat etib, ishda yutib chiqdi. Olimpiadaga yarim yil qolganida qo‘lga tushgan sportchi, unda ishtirok etmasligi kerak. LaShounning yuristlari esa 2010-yilgi jazoni u 2012-yil Olimpiadasida o‘tamasligi kerak deb hisoblashdi.Sandra Perkovich (Xorvatiya)
Yengil Atletika (disk uloqtirish)26 yoshOlimpiada va jahon chempioni
2011-yil qo‘lga tushgan sportchi metilgeksamin moddasi sabab yarim yilga sportdan chetlashtirilgan.Yelizaveta Brizgina (Ukraina)
Yengil atletika (sprint)26 yoshOlimpiya o‘yinlari sovrindori
2013-yil qo‘lga tushib qolgan Yelizaveta 2 yil muddatga sportdan chetlashtirilgan.Ivan Tixon (Belarus)
Yengil Atletika40 yoshIkki karra jahon chempioni
2012-yilgi Olimpiada oldidan uning 2004-yilgi olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki shubha ostiga olindi. U 2008-yilgi Olimpiadadan keyin ham mana shunday mojaro bilan sudlashdi, biroq bronza medali olib qo‘yildi. 2010-yilga kelib esa Xalqaro Arbitraj Sudi unga medalini qaytib olib berdi.
2016-yilgi Yevropa Chempionatida polshalik Pavel Faydek Tixonning qo‘lini siqib qo‘yishni istamadi va buni firibgarga qo‘l berishni xohlamasligi bilan izohladi.Sun Yan (Xitoy)
Suzish24 yoshIkki karra Olimpiada chempioni
2014-yil undan ham doping na’munasi topildi. Faqatgina 3 oyga sportdan chetlashtirildi.Mariya Stadnik (Ozarbayjon)
Erkin kurash28 yoshOlimpiada o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni
2006-yilda sportchi o‘zi tug‘ilgan Ukraina nomidan turnirlarda ishtirok etgan va mojaro sabab bir yil sportdan chetda qolib ketgan.Yoxan Bleyk (Yamayka)
Yengil atletika (sprint)26 yoshOlimpiada chempioni, ikki karra jahon chempioni
2009-yil u va uning yamaykalik to‘rt nafar sherigi mojaroga aralashib qolishgandi.Alexandro Valverde (Ispaniya)
Velosport36 yosh“Vuelta” g‘olibi, jahon chempionati sovrindori
“Puerto operatsiyasi” sabab XAS uni diskvalifikatsiya qilgandi, biroq natijalari saqlab qolingandi. Keyinchalik natijalar ham 0 ga tenglashtirib yuborildi.Asafa Pauell (Yamayka)
Yengil atletika (sprint)33 yoshOlimpiada chempioni va ikki karra jahon chempioni
2013-yilgi Jahon Chempionati oldidan undan topilgan moddalar sabab sportchi diskvalifikatsiya qilingandi.Gregori Boje (Fransiya)
Velosport31 yoshOlimpiada o‘yinlari sovrindori, 9 karra jahon chempioni
18 oy davomida yashash joyini aptidoping agentligiga ma’lum qilmagani uchun sportchi 2012-yilga kelib 2011-yilgi Jahon Chempionatida qo‘lga kiritgani 2 ta oltin medalidan mahrum qilingandi.Maykl Felps (AQSh)
Suzish31 yosh18 karra Olimpiada chempioni
2009-yilga kelib News of the World gazetasi sportchining suratini e’lon qilgan bo‘lib, unda Olimpiada o‘yinlarining eng sovrindori shishali trubka bilan tushib qolgandi. Keyinroq Felps Marixuana chekkanini o‘zi ham tan olgan. AQShning o‘zida uni 3 oy sportdan chetlashtirib, bu antidoping agentligining tavsiyasi bilan emas, sportchida g‘alaba timsolini ko‘rayotgan bolakaylarga yomon na’muna bo‘lgani uchun ekanini qayd etishgandi.
Izoh (0)