Buyuk Britaniyaning Morkam shahrida istiqomat qiluvchi oilada 19-farzand tug‘ildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, 46 yoshli Noel va 41 yoshli Syu Redfordlarning katta o‘g‘li 27 yoshda. Endi ular qiz farzand ko‘rdi va, Syuning aytishicha, bu ularning oilasidagi oxirgi bola bo‘lmasligi mumkin.
Syu 2014-yilda 19-farzandini homiladorlikning 23-haftasida yo‘qotgan edi.
Syu Redford ilk bor 14 yoshida homilador bo‘lgan edi. Yosh juftlik, o‘zlari ham begonalar qo‘lida katta bo‘lgani bois, bolani qoldirishga qaror qilgan edi.
Buyuk Britaniyaning eng katta oilasi Noel Redford egalik qiladigan novvoyxona hisobidan kun ko‘radi. Ular baqqollik mollariga kuniga 300 funt sterling sarflaydi.
Izoh (0)