Peterburglik sayyoh Volgograd yaqinida momaqaldiroq paytida selfi olishga urinib, halok bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
1984-yilda tug‘ilgan peterburglik Don bo‘ylab kemada Rostov viloyatiga qarab harakatlanayotgan edi. Serafimovichda u kapitan va uning yordamchisi bilan diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun sohilga tushgan.
Erkaklar yomg‘ir ostida shunday joylardan biri Poklonniy xochiga ko‘tarilib, u yerda selfiga tushgan. Shundan so‘ng kapitan va uning yordamchisi pastga tusha boshlagan, sayyoh esa suratga tushishda davom etgan. Shu lahzada uni yashin urib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh (0)