“Garri Potter va la’natlangan bola” kitobi AQShda ham qog‘oz, ham elektron ko‘rinishda dastlabki buyurtmalar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi va bu borada 2007-yilda chop etilgan shu turkumdagi “Garri Potter va o‘lim tuhfalari” kitobi ko‘rsatkichini yangiladi. Ma’lumotlar Barnes and Noble kitob do‘konlari tarmog‘i manbalariga asoslangan, biroq aniq raqamlar hozircha ma’lum qilinmadi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Garri Potter va la’natlangan bola” aslida premyerasi 30-iyul kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan ikki qismli spektakldan iborat. Unga chiptalar sotuvga chiqqan zahoti sotib bo‘lindi. Shu nomdagi kitob esa 31-iyul — Garri Potter va uning muallifi Joan Roulingning tug‘ilgan kunlari peshtaxtalardan o‘rin oladi. Yangi nashrdagi voqealar oldingi yetti qismda ro‘y bergan hodisalardan 19 yil o‘tib sodir bo‘ladi va ulg‘aygan qahramonlar hamda ularning bolalari haqida hikoya qiladi.
Ma’lumot uchun, dunyoda Garri Potter haqidagi dastlabki yetti kitobning 450 milliondan oshiq nusxasi sotildi, ular asosida ishlangan filmlar esa jahon bo‘ylab 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi.
Izoh (0)