Transfermarkt dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi. Unda Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 120 million yevrolik ko‘rsatkich bilan peshqadam.
Portugaliya termasi va “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 110 million yevroga baholangan. Braziliyalik hujumchi Neymar esa 90 million turadi, deb yozdi “Sports.ru”.
O‘ntalikdan Luis Suares va Garet Beyl — 90 milliondan, Antuan Grizmann — 80, Tomas Myuller va Robert Levandovski — 75, Pol Pogba hamda Xames Rodriges — 70 million bo‘lib joy olgan.
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Yuventus”ga Pol Pogba uchun 120 million yevro taklif qilgandi.
Izoh (0)