AQSh federal sudi 1981-yilda prezident Ronald Reygan joniga suiqasd uyushtirgan Jon Xinklini Vashingtondagi avliya Yelizaveta nomli ruhiy xastaliklar klinikasidan chiqarish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda, CBS’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Ayni paytda Xinkli 61 yoshda. U qo‘lga olinganidan buyon shu muassasada davolanish kursini o‘tayotgan edi.
U 5-avgustda chiqarilib, shundan so‘ng uy nazoratida turadi.
O‘tgan yili Xinklining davolovchi shifokorlari muvaffaqiyatli reabilitatsiya munosabati bilan uni xastaxonadan chiqarishni so‘ragan edi.
Xinkli Virjiniya shtatidagi Vilyamsburg shahrida 90 yoshli onasi bilan birga yashaydi.
Sud Xinkliga matbuot bilan muloqot qilishni taqiqladi.
Xinkli 1981-yilning 30-martida Vashingtondagi mehmonxonadan chiqayotgan Reyganga qarata o‘t ochdi. O‘qlardan biri prezidentning o‘pkasini teshib o‘tib, yuragining yaqinidan o‘tdi. Bundan tashqari, Oq Uy matbuot kotibi Jeyms Breydi yaralandi — u umrining oxirigacha falaj bo‘lib qolib, 2014-yilda olamdan o‘tdi.
Jinoyat oldidan Xinkli aktrisa Jodi Fosterga maktub yo‘llab, suiqasdga unda taassurot qoldirish uchun qo‘l urayotganini aytgan edi.
Sud Xinklini ruhiy xasta deb topdi.
Ronald Reygan 2004-yilda 93 yoshda vafot etdi.
Izoh (0)