AQShning Ogayo shtatidagi kuchli shamol tufayli mashhur “Shoushenkdan qochish” filmida (1994) ko‘rsatilgan eman daraxti yiqildi. Eman daraxtini ko‘rishga har yili ko‘plab sayyohlar tashrif buyurardi, deb yozadi The New York Times.
Eman Lukas okrugidagi xususiy maydonda o‘sayotgandi. Yer maydoni egalari daraxtni nima qilishi hozircha noma’lum. Daraxt bir necha marta ob-havo yomonligidan zarar ko‘rgan, jumladan, 2011-yilda shamol uning qariyb yarmini olib ketgan edi.
Film syujetiga ko‘ra, bosh qahramon Endi Dyufreyn (Tim Robbins) eman yaqinida do‘sti Redga (Morgan Friman) mo‘ljallangan maktubni ko‘mib qo‘yadi.
“Shuni bil, Red, umid — yaxshi, balki dunyodagi eng yaxshi narsa — u hech qachon o‘lmaydi”, — deb yoziladi maktubda.
Izoh (0)