• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo “yigirma besh yoshdasan, O‘zbegim” misrasining ma’nosini tushuntirib berdi

    Xonanda Shahzoda tomonidan kuylangan “O‘zbegim” nomli qo‘shiqning matniga turli e’tirozlar bildirilgani munosabati bilan, jurnalist Feruz Muhammad she’r muallifi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan bog‘landi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumot uchun, qo‘shiq matnining asosan “yigirma besh yoshdasan, O‘zbegim” degan misrasi e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Tanqidchilar O‘zbekiston tarixi 25 yil emas, bir necha ming yillardan iborat ekani bilan o‘z fikrini asoslashga harakat qilgan.

    “She’rning ‘yigirma besh yoshdasan, O‘zbegim’ degan misrasida ma’no jihatdan hech qanday xatolik yo‘q. Adabiyotda mubolag‘a, bo‘rttirish, kuchaytirish kabi san’atlar bor. Bu o‘rinda so‘zlar ‘yigirma besh yoshdasan, mustaqilligingga 25 yil to‘ldi, yigirma besh yoshda sohibqiron bo‘lding, navqiron bo‘lding’, degan ma’noda qo‘llanilgan”, — dedi Iqbol Mirzo.

    “Erkin Vohidov ham ‘Tarixingdir ming asrlar, ichra pinhon o‘zbegim’, deydilar. Ming asrni yillarda hisoblaydigan bo‘lsak, 100 ming yilga teng. 100 ming yillik tarix esa hech qaysi xalqda yo‘q, o‘zbek xalqining qadimiy tarixi 4—5 ming yillarga borib taqaladi. Men nahotki o‘zbek xalqining tarixini bilmasdan, 25 yillik tariximiz bor desam?!”, — dedi O‘zbekiston xalq shoiri.

    “Yaxshilik qidirib qaragan, yaxshi ko‘z bilan nazar solgan kishi buni darrov anglab olgan bo‘lardi. Bir she’rimda yozganimdek, ‘kimdir daraxtga qarab tanburni o‘ylaydi, kimdir tandirni o‘ylaydi’. Bular she’rga, qo‘shiqqa tandir ko‘zi bilan qaragan. Qolaversa bu san’atkor qizimiz mashhur bo‘lgani uchun, qo‘shiq ham yaxshi chiqqani uchun kimlarningdir jig‘iga tegayotgan bo‘lishi mumkin. Menimcha klipi ham chiroyli ishlangan, qo‘shiqni ham aytilishi menga juda ham ma’qul”, — dedi Iqbol Mirzo.

    “Meni tanqid qilgan Shuhrat Qayumovga ham, Gulchehra Umarovaga ham hech qanday e’tirozim yo‘q. O‘zbekiston xalq shoiri, Milliy musiqani rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi raisi sifatida bir narsaga xursandman — meni, ya’ni, estrada va san’at sohasidagi rahbarlardan birini ham tanqid qilish mumkin. Men bundan xafa emasman”, — dedi O‘zbekiston xalq shoiri.

    “‘She’riyat ko‘chasidan o‘tganmi?’, degan tanqidiy gaplarga javobim: rostdan ham hali she’riyat ko‘chasidan o‘tib bo‘lganim yo‘q. Bu ko‘cha, yo‘l go‘yo san’at va jurnalistikaga o‘xshagan cheksiz labirintdir. Asosiysi, o‘z yo‘lingni topib olish. Adabiyot ko‘chasida qolishga, undan o‘tib ketmaslikka tanqidchilarimga va’da beraman”, — deya qo‘shimcha qildi Iqbol Mirzo.

    Shoir Iqbol Mirzo mazkur she’rning haqiqiy variantini taqdim etdi. She’rni e’tibor berib o‘qilsa, unda “O‘zbegim” so‘zi umuman yo‘qligiga guvoh bo‘lish mumkin. Mazkur so‘z xonanda yoki bastakor tomonidan she’rga qo‘shimcha qilingan, O‘zbekiston xalq shoiri esa bu qo‘shimchaga hech qanday e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.

    Qo‘shiq

    Ha-a-a-y yurtim!Ko‘z ochib seni ko‘rdim.Bulbulzabon til berding,Sevgi to‘la dil berding.Oltin beshigim bo‘lding,Mangu qo‘shig‘im bo‘lding.Ha-a-a-y yurtim!O‘zim aylanay, yurtim.Yigirma besh yoshdasan,Gultojimsan boshdasan.O‘lkalar ko‘p, yurtlar ko‘p,Sen boshqasan, boshqasan.Tuprog‘i to‘tiyo yurt,Bag‘ri to‘la ziyo yurt.Osmonda oy yagona,Yerda o‘zing tanho yurt.Kimlarga armon bo‘lding,Kimlarga darmon bo‘lding.Buyuk ipak yo‘lidaEng ulug‘ karvon bo‘lding.O‘zingga qalqon bo‘lding,Muhtasham qo‘rg‘on bo‘lding.Yigirma besh yoshingdaSen Sohibqiron bo‘lding.Ha-a-a-y yurtim!Jonimni beray, yurtim.Quchog‘ing kezib yurdim,Iqbolim sezib yurdim.Suygansan onam bo‘lib,Baxtingda baxtim ko‘rdim.Ha-a-a-y yurtim!O‘zim o‘rgilay, yurtim.

    Iqbol Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri

    Xonanda Shahzoda kuylagan qo‘shiq bilan quyida tanishish mumkin:

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    21.07.2016, 17:17   Izoh (0)   17026
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xonanda Rayhon: Ochig‘i, bir o‘zim bolalar bilan qiynalyapman

    21.07.2016, 14:34

    Xonanda Ahror Usmonov 10 kun komada yotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    21.07.2016, 14:04

    Aktyor Ulug‘bek Qodirov o‘g‘illi bo‘ldi

    21.07.2016, 13:04

    “Sohibjamol” va “Qochoq kelin” filmlarining rejissori Garri Marshall dunyodan o‘tdi

    20.07.2016, 15:25

    Aktrisa Sitora Farmonova: “Aziya Miks”ning chiqishida O‘zbekistonning ustidan kulingani yo‘q

    20.07.2016, 11:30

    “O‘zbeknavo” Sarvar va Komil hamda Sitora Farmonovaning litsenziyasi nima sababdan tugatilganini ma’lum qildi

    20.07.2016, 10:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Umrboqiy muhabbat: hissiyotlar falokatdan kuchli ekanini isbotlovchi 5 ta film

    Layfstayl | 18 iyul, 20:15

    Ko‘kdaladagi zapravka portlashida halok bo‘lgan va yaralanganlarga tovon puli to‘lanadi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 20:07

    Sizning ruxsatingizsiz ishga joylashtirib qo‘yishsa nima qilish kerak? Mutaxassis tushuntirish berdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 19:55

    Kim Chen In ochilganiga uch hafta ham bo‘lmagan turistik kurortni xorijliklar uchun yopdi

    Dunyo | 18 iyul, 19:40

    “Elektr toki uzilishidan ko‘rilgan zararni qoplash mexanizmi joriy etilishi zarur” — tadbirkor

    O‘zbekiston | 18 iyul, 19:25

    Hatto yulduzlar ham ashaddiy muxlis bo‘ladi: sevimli san’atkorlari bilan uchrashganda o‘zini yo‘qotib qo‘ygan mashhurlar

    Kino | 18 iyul, 19:17

    O‘zbekistonda o‘n mingdan ortiq xodimning 130 mlrd so‘mga yaqin maoshi undirib berildi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.