AQSh Demokratik partiyasi milliy saylovoldi syezdining birinchi kunida sahnaga AQSh shou-biznesi yulduzlari chiqdi. Ularning barchasi partiyaning prezidentlikka nomzodi Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Chiqishlar kechki payt boshlanib, besh-yetti daqiqadan davom etdi. Chiqishlarning katta qismi ijtimoiy mavzuga bag‘ishlandi va yig‘ilganlar tomonidan olqishlandi. Ayniqsa syezd delegatlari Respublikachilar nomzodi Donald Trampni qoralaganlarni qizg‘in qo‘lladi. Xususan, asli meksikalik bo‘lgan aktrisa Yeva Longoriya Trampning muhojirlarga qarshi ritorikasini salbiy baholadi.
Aktrisa Sara Silverman ilgari Hillari Klintonning raqibi Berni Sandersni qo‘llab-quvvatlaganini, ammo endi Klinton xonimga jon deb ovoz berishini aytdi. Bunga javoban Sandersning tarafdorlari o‘z noroziligini bildirdi va aktrisaning chiqishi bir muddat to‘xtatildi.
Bunga qadar politsiya panjara va to‘siqlardan oshib o‘tib, syezd o‘tayotgan joyga kirishga uringan 40 kishini qo‘lga oldi. Ularning bari Hillari Klintonga qarshiligini izhor etishga uringan edi.
Izoh (0)