AQShning BuzzFeed nashri bir necha amerikalikka birinchi marotaba “Kinder Syurpriz” shokoladlaridan totib ko‘rish imkoniyatini berdi. Ushbu shirinlik ichidagi yeb bo‘lmaydigan detallar tufayli mamlakat hududida taqiqlangan, deb eslatadi Tjournal.
1938-yilda qabul qilingan qonun tarkibida yeb bo‘lmaydigan detallar bor shirinliklarni mamlakat hududida ishlab chiqarish va sotishni taqiqlaydi. Faqatgina oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi yeb bo‘lmaydigan detallar funksional vazifa bajaradi, degan qarorga kelsagina istisnolar qilinishi mumkin.
Shokoladli tuxumlar tajriba o‘tkazish maqsadida Kanadadan olib kelindi. U yerda mazkur shirinlik mayda bolalardan uzoq tutish haqidagi ogohlantirish bilan sotiladi.
Tajriba ishtirokchilari tuxumlarga ularni iste’mol qilish bo‘yicha yo‘riqnoma ilova qilinmaganidan norozilik bildirdi, uni o‘yinchog‘i bilan og‘zilariga solishga urindi hamda cholg‘u asbobi sifatida ishlatishni taklif qildi.
Izoh (0)