25-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston BMT Insoniyat taraqqiyoti indeksida 116-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston insoniyat taraqqiyoti o‘rta darajada bo‘lgan mamlakatlar guruhiga kiradi.
2. Toshkentda 26-iyul kuni havo harorati +42 darajagacha ko‘tariladi. Xo‘sh, O‘zbekistonda jaziramadan qanday saqlanish mumkin?
3. DJ Piligrim Sardor Rahimxon va Ulug‘bek Rahmatullayevni o‘g‘rilikda aybladi. Avvalroq u xonanda Lola bilan o‘rtasidagi munosabatlarga izoh berib, u bilan faqat ijodiy hamkor ekanligini ta’kidlagan edi.
4. Samvel Babayan: Sizga qiyin — har holda, jurnalistsiz. Biz esa hammasini ko‘rib turamiz. Babayan, shuningdek, “Paxtakor” amaldagi O‘zbekiston chempionligini eslatib, Temurxo‘ja Abduxoliqov nega termaga chaqirilmasligini ham tushuntirdi.
5. Yangi imijdagi Messi “Barselona” bilan Angliyaga yo‘l oldi. Futbolchi “Barselona” qarorgohiga o‘z imiji o‘zgargan holda qaytgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)