O‘zbekiston BMT Insoniyat taraqqiyoti indeksida 116-o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
BMT taraqqiyot dasturi har yili ushbu indeksni tuzib chiqadi. Yangi insoniyat taraqqiyoti indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 116-o‘rinni egalladi. Mamlakatda insoniyat taraqqiyoti indeksi 0,661 ni tashkil etadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston insoniyat taraqqiyoti o‘rta darajada bo‘lgan mamlakatlar guruhiga kiradi.
Ekspertlar mamlakatlarni kutilayotgan umr uzoqligi (O‘zbekistonda u 68,2 yoshni tashkil etadi); o‘qishga sarflangan yillarning o‘rtachasi (10 yil), ta’lim davomiyligi (11,5 yil); yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga nisbati (5,227 ming dollar) orqali baholaydi.
Norvegiya indeksda birinchi o‘rinni egalladi. Undagi beshlikdan, shuningdek, Avstraliya, Shveysariya, Niderlandiya va Qo‘shma Shtatlar joy oldi.
Izoh (0)