“Bunyodkor” stadioni mezbonlik qilgan O‘zbekiston va Iroq milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda Samvel Babayan boshchiligidagi o‘zbekistonlik futbolchilar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Marat Bikmayev hisobni ochgan bo‘lsa, 31-daqiqada Eldor Shomurodov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Bellashuv asosiy vaqti tugagan bir paytda iroqliklar hisobni qisqartirdi.
Birinchi golda hujumni Jamshid Iskandarov boshladi, Eldor Shomurodov uni davom ettirdi va Marat Bikmayev gol urdi. “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” a’zolari bu golda ishtirok etdi.
Ikkinchi golda esa Jamshid Iskandarovning jarima zarbasidan uzatgan pasini Eldor Shomurodov golga aylantirdi.
Bosh murabbiy Samvel Babayan uchrashuvni “Paxtakor”ning yetti nafar futbolchisi bilan boshladi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi 24-iyul, yakshanba
Izoh (0)