Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

24-iyul kuni 19:00 da start oladigan O‘zbekiston va Iroq milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin uchun bosh murabbiy Samvel Babayan boshlang‘ich tarkibni e’lon qildi. Undan “Paxtakor” futbol klubining yetti nafar o‘yinchisi joy oldi.

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Telegram’dagi kanali ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining himoya qo‘rg‘onidan faqat “paxtakorchilar” joy oldi: Stanislav Andreyev, Azim Ahmedov, Kamoliddin Tojiyev va Davron Hoshimov.

Yarim himoyada esa “Paxtakor”ning uch nafar futbolchisi to‘p suradi: Javohir Sohibov, Jamshid Iskandarov hamda Sherzod Karimov.

Oliy Liga 1-davrasi yakuniga ko‘ra “Paxtakor”dan oldinroq o‘rinlardan joy olgan “Lokomotiv” va “Bunyodkor”ning ikki nafardan futbolchisi tarkibga kiritildi. Eng orqa va eng oldi chiziqda Ignatiy Nesterov va Marat Bikmayev to‘p suradi. O‘rtada esa Eldor Shomurodov hamda Otabek Shukurov bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)