AQSh HHKning RC-135V strategik josus samolyoti 23-iyul, shanba kuni Rossiyaning Kaliningrad viloyati chegarasiga yana yaqinlandi. Bu haqda, “Interfaks” agentligiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bort nomeri 64-14844 hamda chaqiriq kodi MAIZE35 bo‘lgan josus samolyot Buyuk Britaniyadagi Mildenhall aviabazasidan havoga ko‘tarilgan hamda 9 000 metr balandlikda Rossiya chegarasiga Polsha tomondan yaqinlashgan. Havo kemasi Kaliningrad viloyatining janubiy chegarasiga, Rossiya harbiy-dengiz bazasi joylashgan qismiga yaqinlashgan.
So‘nggi besh hafta mobaynida AQSh josus samolyotlari Kaliningrad viloyati chegaralariga 20 marotabadan ko‘proq yaqinlashgani qayd etildi.
Izoh (0)