Bolgariya hukumati Qora dengiz qirg‘oqlarida delfinlarning ommaviy qirilishini qayd etdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Bolgariya ekologiya vaziri Ivelina Vasilevaning ma’lum qilishicha, joriy yil boshidan buyon Bolgariya sohillarida qutqaruvchilar 108 delfinning jasadini topgan. Suv jonzotlarining o‘limiga asosan baliq ovlaydigan to‘rlar sabab bo‘lmoqda.
Dariknews’ning xabar qilishicha, ayni damda mamlakat hukumati Qora dengizning delfinlar ko‘payadigan qismida baliq ovlashni taqiqlovchi qonun loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov Ekologiya vazirligiga Qora dengizning mamlakatga tegishli hududida delfinlar ko‘payadigan va ko‘chib keladigan qismlari haqida aniq ma’lumot keltirishga ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)