Gretsiya sudi harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng vertolyotda ushbu mamlakatga qochgan turkiyalik 8 nafar harbiyni ikki oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Gretsiyadan siyosiy boshpana so‘ragan harbiylar harakati mamlakatga noqonuniy kirish deb baholandi. Vertolyot uchuvchisiga nisbatan parvoz qoidalarini buzganligi haqidagi ayblov olib tashlandi. Sud harbiylarning Turkiyaga qaytishi ular uchun xavf tug‘dirishini yengillashtiruvchi holat deb e’tirof etdi, shu sababli sud qarori uch yildan so‘ng kuchga kiradi.
Al Jazeera ma’lumotlariga ko‘ra, hukm qilinganlar uch mayor, shuncha kapitan va ikki serjantdan iborat.
Izoh (0)