Yevropa Ittifoqi Kiyevda avtomobilning portlab ketishi oqibatida halok bo‘lgan jurnalist Pavel Sheremetning o‘ldirilishi yuzasidan qisqa muddatlarda surishtiruv o‘tkazishni talab qildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbarining rasmiy vakili Federika Mogerinining bayonotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Bunday hujumlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Mazkur jinoyatdagi aybdorlarni odil sudlovga jalb etish uchun tezkor va shaffof surishtiruv o‘tkazish lozim”, — deyiladi bayonotda.
Bryusselda, shuningdek, halok bo‘lgan jurnalistning oilasi, do‘stlari va hamkasblariga hamdardlik bildirildi. Yevropa Ittifoqi Ukraina hukumatini OAVlarda so‘z erkinligi huquqining himoya qilinishida qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, jurnalistlarni himoya qilishda davom etishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT kotibiyati jurnalist Pavel Sheremetning Ukrainada o‘ldirib ketilishi yuzasidan norozilik bildirdi va ushbu jinoyatni puxtalik bilan tekshirishga chaqirganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)