Angliyaning “Manchester Siti” klubini qabul qilib olgan Xosep Gvardiola birinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va o‘zining sobiq klubi “Bavariya”dan yengildi.
Har ikki klub ham o‘zining asosiy tarkibi bilan maydonga tushgani yo‘q. O‘yindagi yagona gol 76-daqiqaga kelib O‘zturk tomonidan kiritildi, deb xabar berdi “Championat.asia” sayti.
“Bavariya”ning uy stadioni bo‘lmish “Alyans-Arena”da kechgan bellashuvda jamoalar quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalandi.
20-iyul, chorshanba “Alyans-Arena” stadioni O‘rtoqlik uchrashuvi
“Bavariya” (Germaniya) — “Manchester Siti” (Angliya) 1:0
Gol: O‘zturk, 76 (1:0).“Bavariya”: Ulrayx, Bernat (Fridl, 66), Rafinya, Alaba (O‘zturk, 46), Xabi Alonso (Dorsh, 46), Riberi (Xegler, 46), Feldxan, Martines (Gyotse, 65), Grin, Benko (Shabani, 82), Lam.
“Manchester Siti”: Kabalyero (Gann, 46), Adarabioyo, Maffeo, Kolarov (Byutyuki, 66), Tasende, Fernando (Ture, 55), Barker (Klishi, 46), Navas (Selina, 55), Fernandinyo (Aleysh Garsiya, 73), Zinchenko (Delf, 46), Ixeanacho (Boni, 46).
Izoh (0)