S&P Global Rating xalqaro reyting agentligi Turkiyaning milliy va chet el valyutasidagi uzoq muddatli kredit reytingini pasaytirdi. Milliy valyutadagisi BBB- darajasidan BB+ gacha, chet el valyutasidagi esa BB+ dan BB darajagacha pasaytirildi. Bu haqda agentlik ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Shu bilan bir paytda reytingning bundan keyingi o‘zgarishi ham “barqaror”dan “salbiy” darajagacha yomonlashgan.
S&P’ning Turkiya reytingini pasaytirish haqidagi qaroridan so‘ng turk lirasi yangi minimum darajaga pasaydi. 20-iyul kungi savdolarda dollarning kursi 3,0834 liragacha oshdi, bu esa bir kun avvalgi savdolar yopilish vaqtidan 1,35 foizga yuqoridir.
15-iyul kuni Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng kechki savdolarda turk lirasi 4,5 foizdan ortiqqa pasayib, bir dollar uchun 3,0198 lirani tashkil etgandi.
Izoh (0)