Turkiya parlamenti mamlakatda uch oyga favqulodda vaziyat joriy etilishini ma’qulladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Tashabbusni 346 parlamentariy yoqlab chiqdi. 115 nafar deputat unga qarshi chiqdi.
Ilgariroq mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda amalga oshmay qolgan harbiy to‘ntarish munosabati bilan favqulodda vaziyat joriy etish tashabbusi bilan chiqqan edi. Uning fikricha, bu “demokratiyaga, qonun ustuvorligiga, fuqarolar huquq va erkinliklariga tahdid”ning oldini olish uchun zarur.
Favqulodda vaziyat joriy etilsa, prezident va hukumat parlament ishtirokisiz yangi qonunlar qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)