Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy Moskva Anqaraga tayyorlanayotgan harbiy to‘ntarish haqida razvedka axborotini bergani haqida biror ma’lumotga ega emas. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Men bunday ma’lumotga ega emasman, Fars agentligi qanday manbalarga tayanayotganini bilmayman”, — dedi u, “RIA Novosti”ning bu boradagi savoliga javob berarkan.
Ilgariroq Fars agentligi Rossiya razvedkachilari turkiyalik hamkasblarini tayyorlanayotgan to‘ntarish haqida oldindan boxabar etgani haqida xabar tarqatgan edi.
Izoh (0)