Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi bolalar klinik shifoxonasi jarrohlari traxeya (nafas olish yo‘li) va qizilo‘ngachi kesilgan holatda yetkazilgan 4 yoshli bolaning jonini saqlab qoldi. 21-iyul kuni bolakay shifoxonadan chiqdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bolakay iyul oyi boshida Karabash shahrida jarohat olgandi. U shishaning ustiga yiqilishi oqibatida tomog‘ini kesib olgan edi. “Uning hayoti qil ustida turgandi. Mahalliy shifoxonada bolakayga traxeostoma qo‘yildi va u reanimobilda viloyat shifoxonasiga yetkazildi. U yerda bolakay tezkor operatsiya qilindi”, – deb ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligining viloyat bo‘limi matbuot xizmati.
Bolakay butunlay sog‘aygan va o‘zi istiqomat qiladigan Karabash shahriga jo‘natildi.
Izoh (0)