20-iyul, chorshanba kuni Britaniyaning Ambush atom suvosti kemasi Gibraltar sohillaridagi o‘quv mashg‘ulotlari davomida savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Astute klassidagi suvosti kemasi bilan bog‘liq hodisa kema suv ostiga tushish chog‘ida, mahalliy vaqt bo‘yicha taxminan 13:30 da yuz berdi. Suvosti kemasiga tashqi tomondan shikast yetdi, biroq yadro qurilmasiga zarar yetmagan. Shuningdek, ekipaj a’zolariga shikast yetmaganligi ma’lum qilinmoqda.
Qirollik harbiy-dengiz kuchlari savdo kemasi bilan aloqa o‘rnatib, to‘qnashuv oqibatida unga zarar yetgan-yetmaganligini aniqlamoqda. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.
Izoh (0)