AQSh moliya vazirligi “al-Qoida” terrorchi tarmog‘ining Janubiy Osiyo mamlakatlaridan Yaqin Sharqqa pul o‘tkazish va jangarilarni tashlash uchun javobgar uch dala komandiriga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bu haqda, idora tarqatgan xabarnomaga asoslanib, “TASS” ma’lum qilmoqda.
Gap Faysal Jassim Muhammad al-Amriy al-Xolidiy, Isro Muhammad Ibrohim Baimiy va Abu Bakr Muhammad Humoyun haqida ketmoqda. Bu shaxslarning AQShdagi har qanday aktivlariga darhol band qo‘yiladi, ular bilan har qanday shartnoma va kelishuvlar tuzish taqiqlanadi.
Uchala jangari ayni paytda Erondaligi aytilmoqda.
Izoh (0)