Yaponiya poytaxti hududida 19-iyul, seshanba kuni 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yer silkinishi epimarkazi Tokioga qo‘shni joylashgan Tiba prefekturasining shimoliy qismida, o‘chog‘i esa taxminan 30 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Sunami xavfi yo‘qligi ma’lum qilindi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.
Izoh (0)