Rossiya futbol ittifoqi mamlakat terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanmagani haqidagi bayonotini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Rossiya futbol ittifoqi ayni damda mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlanmaganini rasman ma’lum qiladi. Rejaga ko‘ra, bosh murabbiyni tayinlash bo‘yicha muzokaralar jarayoni 30-iyulda o‘z yakuniga yetadi. Barcha zarur axborot Rossiya futbol ittifoqi rasmiy saytida e’lon qilinadi”, – deyiladi tashkilot rasmiy saytida.
Avvalroq OAV rossiyalik futbol mutaxassisi, Moskvaning “Spartak” va “Dinamo” hamda Polshaning “Legiya” klubi sobiq bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar bergandi.
Izoh (0)