Armaniston politsiyasining bugun, 17-iyul ertalab qurolli shaxslar tomonidan qo‘lga olingan patrul-post polki kirishi politsiya mashinalari, zirhli mashinalar va harbiy yuk mashinalari bilan bekitib qo‘yildi. Poytaxt shahar Yerevan markazidan janubdagi Erebuni tumaniga kirish yo‘llari bloklab qo‘yildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Erebuni poytaxtning eng aholi zich yashaydigan tumanlaridan biridir. Polk o‘rnashgan yer yaqinida Erebuni politsiya bo‘limi, tuman birinchi instansiya sudi hamda mahbuslarni vaqtinchalik saqlash muassasasi binolari joylashgan.
Tumanda yashovchi aholi vakillarining shohidlik berishicha, ertalab mahalliy vaqt bilan 05:00 da o‘q ovozlari va portlashlar eshitilgan. Hozir tomlarga snayperlar joylashtirilmoqda.
Izoh (0)