Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro o‘zining turkiyalik hamkasbi Mavlud Chavusho‘g‘li bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb yozadi “TASS” Fransiya tashqi siyosiy idorasiga tayanib.
Ikki vazir Turkiyada oldi olingan davlat to‘ntarishiga urinishni muhokama qildi. Mavlud Chavusho‘g‘li noharbiy hukumat vaziyatni o‘z qo‘liga qaytarib olganini tasdiqladi. Jan-Mark Eyro Turkiya demokratiyasi ushbu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, mustahkamlanishini tiladi.
O‘z navbatida, Turkiya vaziri 14-iyul kuni kechqurun Fransiyaning Nitssa shahridagi terakt yuzasidan mamlakat xalqiga hamdardlik bildirdi.
Vazirlar kelasi hafta Vashingtonda IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiya majlisi doirasida uchrashishga kelishib oldi.
Izoh (0)