Miyasining 90 foizisiz yashayotgan mijoz olimlarni hayratga soldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Erkakning miyasini skanerlash tasodifan ro‘y berdi. U kasalxonaga chap oyog‘idagi quvvatsizlikdan shikoyat qilib keldi, biroq shifokor uni tomogrammaga jo‘natdi.
MRT natijalari erkak bosh suyagi deyarli butkul suyuqlik bilan to‘la ekanligini ko‘rsatdi. Faqat miya moddasidan iborat yupqa tashqi qatlam qolgan, miyaning ichki qismini esa yo‘q desa ham bo‘ladi.
Yuqoridagi suratda chapda miyasi suyuqlik bilan to‘la mijoz tomogrammasi ko‘rsatilgan, o‘ngda esa odatiy miya bosh suyagini ko‘rishingiz mumkin.
Izoh (0)