Armanistonda barcha davlat hokimiyati organlari odatdagi tartibda ishlamoqda, politsiya esa jamoatchilikni himoya qilish bo‘yicha vazifalarini bajarishda davom etmoqda. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik xizmati bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.
Bugun, 17-iyul kuni bir guruh qurolli shaxslar politsiya patrul-post xizmati polki hududidagi kirib, u yerdagi odamlarni garovga oldi, ayni paytda ularning tarafdorlari OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali qurolli qo‘zg‘olon boshlangani haqida xabar tarqatmoqda. Mamlakat MXXga ko‘ra, qurolli qo‘zg‘olon haqidagi gaplar haqiqatga mos kelmaydi.
Shu bilan birga, maxsus xizmat bayonotida har qanday g‘ayriqonuniy harakatlarga darhol chek qo‘yilishi, ularni sodir etgan shaxslar qo‘lga olinib, jazolanishi ma’lum qilindi.
“Ayni paytda qurolli shaxslar bilan hukumatga taslim bo‘lish masalasida muzokara olib borilmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)