Turkiya tashabbusi bilan mamlakatning Gruziya bilan chegarasi yopib qo‘yildi. Bu haqda “Rustavi-2” telekompaniyasiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Turkiyalik chegarachilar Gruziya tomonidan Turkiya fuqarolarini chegaradan o‘tkazmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi chegara faqatgina sayyohlar uchun yopilgan. Gruziya chegarasida avtomobillarning to‘planib ketishi munosabati bilan harakatni tartibga solish uchun patrul politsiyasi safarbar etildi.
15-iyul kuni kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish haqida ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, Turkiya armiyasi mamlakat hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq Turkiyada harbiy holat e’lon qilindi va butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati joriy etildi.Turkiyadagi barcha aeroportlar yopildi, hamma reyslar bekor qilindi. Bosfor bo‘g‘ozi orqali mamlakatning Yevropa va Osiyo qismini bog‘lab turuvchi ikki ko‘prik ham yopib qo‘yildi.
Izoh (0)