Amerikalik opa-singil tennischilar — Serena va Vinus Uilyamsning otasi va birinchi murabbiyi insultni boshdan kechirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
74 yoshli Richard Uilyamsning uchinchi turmush o‘rtog‘i, 37 yoshli Lakisha Uilyamsning aytishicha, u o‘tgan hafta shifoxonadan chiqdi.
“Uning ahvoli yaxshi. U yuryapti, ammo 100 foiz tiklangani yo‘q. Richard nutqni qayta tiklash, jismoniy va ruhiy terapiyadan o‘tishi kerak, biroq u buni istamadi. Turmush o‘rtog‘im shifoxonaga qaytishni xohlamayapti”, – dedi Lakisha Uilyams.
Dunyoning birinchi raketkasi Serena Uilyams “Uimbldon” turniri davomida oilasi haqidagi xabarlarni yashirgan edi. Serena 22-marotaba “Katta dubulg‘a” turnirida g‘olib bo‘lgach, jamoatchilik uning otasi insultni boshidan o‘tkazgani haqida xabar topdi.
Izoh (0)