Sayyoraning eng keksa ayoli bo‘lgan vyetnamlik Nguyen Txi Chu 123 yoshida mamlakat janubidagi Xoshimin shahrida olamdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu borada ayol yashab kelgan Binchan tumani ma’muriyati bayonot tarqatdi.
Nguyen Txi Chuning sayyoradagi eng keksa ayolligini 2015-yilda Jahon rekordlari akademiyasi tasdiqlagan edi. Guvohnomasida Chu xonim 1893-yilning 4-mayida tug‘ilgani ko‘rsatilgan. Yoshiga qaramay, ayol yaxshi ahvolda bo‘lib, hech qanday kasalliklardan aziyat chekmayotgan edi.
Nguyen Txi Chu 11 farzandni dunyoga keltirgan bo‘lib, hozirda ulardan ikki nafari hayot.
Izoh (0)