Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev “Spokoynoy nochi, malishi!” (“Xayrli tun, bolajonlar!”) ko‘rsatuvining boshlovchisi bo‘ladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Valuyev ko‘rsatuvda avgust oyidan boshlovchilik qiladi. Sobiq bokschi ko‘rsatuvning doimiy boshlovchisi bo‘ladi.
Aleksandr Valuyev professional ringda 52 ta jang o‘tkazib, 50 tasida (shulardan 34 tasi nokaut bilan) g‘alaba qozongan hamda 2 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Valuyev o‘zining ilk mag‘lubiyatini o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevdan qabul qilib olgan.
Ma’lumot uchun, “Spokoynoy nochi, malishi!” ko‘rsatuvi 1964-yilning 1-sentabridan Rossiya televideniyesi efirlariga uzatilib kelinadi. Ayni damda ko‘rsatuvni Anna Mixalkova, Oksana Fyodorova va Dmitriy Malikov olib boradi.
Izoh (0)