Rossiyada fazodan turib zarba bera oladigan strategik bombardimonchi ishlab chiqilayotgani haqidagi xabar haqiqatdan yiroq. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Koinotda tadqiqotlar amalga oshirish maqsadida Rossiyada o‘tgan asrning 50-yillaridan buyon istiqbolli dvigatellar yaratish ustida ish olib borilyapti. Ammo Strategik raketa qo‘shinlari harbiy akademiyasi filialida ‘fazoviy bombardimonchi’ning ishlab chiqarilishi haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Bunday ishlab chiqishlar Rossiya Mudofaa vazirligi qoshidagi bilim yurtlari vakolatiga kirmaydi”, — dedi vazirlik vakillaridan biri.
Vazirlik vakilining qo‘shimcha qilishicha, OAV tomonidan harbiy bilim yurti o‘qituvchisining go‘yoki “fazoviy bombardimonchi” ishlab chiqilishi haqidagi so‘zlariga noto‘g‘ri izoh berilgan.
Izoh (0)