Shveysariya aholisining ikki foizini tashkil qiluvchi eng boy fuqarolar qo‘lidagi boylik mamlakatning qolgan 98 foiz aholisining qo‘lidagi mablag‘larga teng bo‘lib chiqdi. Bu ma’lumotlar Shveysariya kasaba uyushmalari birlashmasi hisobotida aks etdi.
Hujjatda aytilishicha, badavlat shveysariyaliklar soni oshib bormoqda va ularning umumiy miqdori inqirozgacha bo‘lgan davr ko‘rsatkichlariga yaqinlashmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mamlakat aholisining besh foizi oyiga 14 ming frank (14 ming dollardan ko‘proq) pul topadi.
Shu bilan birga, kasaba uyushmalari birlashmasining ma’lum qilishicha, oxirgi 25 yil ichida boylardan undiriladigan soliq miqdori qisqargan, ayni paytda bir qancha turdagi to‘lovlar, jumladan, tibbiy sug‘urta, barcha fuqarolar uchun qimmatlashgan bo‘lib, bu o‘rta va past daromadli aholiga og‘ir zarba bo‘lmoqda.
Izoh (0)