Xitoyning “Beyjing Goan” klubi bilan yarim yillik shartnoma imzolagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyevning boshlang‘ich tarkibdagi birinchi o‘yini mag‘lubiyat bilan yakuniga yetdi.
Xitoy Futbol Assotsiatsiyasi Kubogining chorak finalida “Beyjing Goan” Super Liga yetakchisi “Guanjou Evergrand”dan 1:2 hisobida yengildi. Bellashuvni o‘zbekistonlik futbolchilar Igor Sergeyev hamda Yegor Krimets boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi.“Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, ikkinchi bo‘limda Sergeyev o‘z o‘rnini Turkiya milliy terma jamoasi safida Yevro—2016 o‘yinlarida ishtirok etgan Burak Yilmazga bo‘shatib bergan. Yegor Krimets esa bellashuvni to‘liq o‘tkazgan.
“Guanjou Evargand”ga qarshi chorak finalning javob o‘yini 26-iyul kuni “Beyjing Goan” maydonida bo‘lib o‘tadi.
Igor Sergeyev yangi jamoasi safidagi birinchi uchrashuvni Xitoy Super Ligasining 17-turi doirasida “Tianjin Teda” klubiga qarshi o‘tkazgan bo‘lib, 0:0 hisobida yakuniga yetgan bellashuvning ikkinchi taymiga kelib maydonga tushgandi. Ayni vaqtda uning jamoasi chempionatda 9-o‘rinni egallab turibdi.
Xitoy Assotsiatsiyasi kubogi Chorak final. Dastlabki uchrashuv 13-iyul, chorshanba
Izoh (0)