AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Tesla avtokompaniyasi investorlarga 600 million dollarlik aksiyalarini sotish vaqtida halokatli yo‘l-transport hodisasi haqida og‘iz ochmaslik orqali qonunni buzgan-buzmaganligini aniqlamoqchi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, SEC Tesla kompaniyasi tomonidan may o‘rtasida 600 million dollarlik aksiyalar tarqatilishi fakti bo‘yicha dastlabki tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
May boshida avtopilot funksiyasi yoqilgan Tesla elektromobili yo‘l-transport hodisasiga uchragan, natijada mashina haydovchisi halok bo‘lgan edi.
Ushbu avariya haqida iyun oxirida — AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tergov boshlaganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi; Tesla o‘z aksiyalarini tarqatayotgan vaqtda ushbu YTH haqida ma’lum bo‘lmagan.
Avariya haqidagi xabarlardan bir necha kun o‘tib, Tesla aksiyalari taxminan 10 foizga arzonlashdi, shu tufayli investorlar zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)