Google kompaniyasi Google Play onlayn do‘konida yangi funksiya paydo bo‘lishini e’lon qildi. Google Play Family Library yordamida foydalanuvchilar kontent va dasturlarni oila a’zolariga bepul ulashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda, kompaniya bayonotiga asoslanib, “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Mobil dastur, musiqa, kitob yoki filmni boshqa foydalanuvchiga yetkazish uchun ikki akkaunt ham bitta bank kartasiga bog‘langan bo‘lishi lozim. Xizmat uchun qo‘shimcha haq olinmaydi.
Google Play’dagi “oila” tarkibiga yettitagacha foydalanuvchi kirishi mumkin. Mobil dasturlarni nafaqat Android’dagi gadjetlar, balki Google saytlari, shuningdek, Google Play’ning iOS’dagi dasturlari orqali ham tarqatish mumkin.
Shunga o‘xshash “oilaviy” dastur Apple tomonidan iCloud’da mavjud.
Google Play Family Library AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Braziliya va Yaponiya uchun ishga tushirib bo‘lindi. Bir oy ichida boshqa davlatlardagi foydalanuvchilar ham undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)