Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonini Apple korporatsiyasi iPhone 7 ni ko‘rsatishidan oldin taqdim etishini rasman e’lon qildi. Kompaniya Unpacked taqdimotiga taklifnomalar yo‘llay boshladi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Samsung Galaxy Note 7 prezentatsiyasi, kutilganidek, 2-avgust kuni Nyu-Yorkda o‘tadigan bo‘ldi. Parallel ravishda London va Rio-de-Janeyroda konferensiyalar o‘tkaziladi. iPhone 7 taqdimoti esa sentabr boshiga mo‘ljallangan.
Unpacked’ga taklifnoma Samsung Galaxy Note 7 yangilangan stilusga ega bo‘lishiga ishora beradi, deb ishonmoqda mutaxassislar. Bundan tashqari, uskuna ko‘zning rangdor pardasi skaneriga ega bo‘lishi yana bir bor tasdiqlanmoqda — stiluslardan iborat ko‘k aylana shundan nishonadir.
Bir muddat o‘tib Weibo insayderlari uskunaning yangi “jonli” fotosuratlarini e’lon qildi.
Mavzuga oid:
- Samsung navbatdagi fabletini Galaxy Note 6 emas, Galaxy Note 7 deb nomlashi mumkin
- Samsung Galaxy Note 7 ning ilk “jonli” fotosi e’lon qilindi
- Samsung Galaxy Note 7 ning ilk rasmiy fotosuratlari e’lon qilindi
- Yangi Samsung Galaxy Note 7 ning navbatdagi “jonli” fotosuratlari e’lon qilindi
Texnik tavsifi
Uskunaning Super AMOLED-ekrani o‘lchami — 2K. Smartfon ikki versiyada chiqariladi: 2,3 GGs chastotali Snapdragon 821 protsessoriga ega hamda 2,6–2,7 GGs chastotali Exynos 8 Octa 8893 protsessoriga ega versiyalar.Operativ xotira hajmi 6 Gb bo‘lib, u 10 nanometrli LPDDR4 modulida joylashadi. Doimiy xotiraning minimal hajmi — 64 Gb, shuningdek, 128 va 256 Gb li hamda microSD kartalariga uchun slotlarga ega versiyalar chiqariladi.
Asosiy kamera o‘lchami — 12 Mp, frontal kamera — 5 Mp, akkumulyator sig‘imi — 3600 mA/soat. Uskuna Android 6.0 dasturiy ta’minotining yangilangan New Grace UX ko‘rinishida ishlaydi. Shuningdek, suvdan himoya qilingan korpusdagi smartfon USB Type-C portiga, S-Pen “aqlli” qalamiga ega bo‘lishi, Samsung Pay’ni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Izoh (0)