Mercedes-Benz 2016-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra sotilgan avtomobillar miqdori bo‘yicha raqobatchisi BMW kompaniyasidan o‘zib ketdi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Mercedes 11 yildan buyon birinchi marta raqobatchisidan yillik xaridlar bo‘yicha o‘tib ketish maqsadiga yaqin turibdi.
Yilning dastlabki olti oyida kompaniya xaridlari 12 foizga o‘sib, 1 million avtomobilga teng bo‘ldi. BMW’ning bu ko‘rsatkichlari, tegishli ravishda, 5,8 foiz va 986 ming avtomobilga tenglashdi. Shu tariqa, raqobatchilar o‘rtasidagi tafovut Mercedes foydasiga 20 ming mashinadan iborat bo‘ldi.
BMW lyuks avtomobillar segmentidagi yetakchilikni Mercedes-Benz’dan 2005-yilda tortib olgan edi. Shu bois Mercedes-Benz rahbariyati kompaniya oldiga 2020-yilga qadar premium toifasidagi mashinalar xaridlari bo‘yicha yetakchiga aylanib, BMW’dan o‘zib ketish maqsadini qo‘ydi.
Izoh (0)