Sharqiy Xitoyning Xanchjou shahrida (Chjetszyan provinsiyasi) metro stansiyasi qurilishida poydevor yotqizish uchun qazilgan chuqurda yer ko‘chishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 9-iyul, shanba kuni “Chjungo sinven” agentligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa 8-iyul, juma kuni yuz bergan. Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, yana to‘rt nafar ishchini qutqarib qolishga erishilgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ikki nafari shifoxonada.
Politsiya hodisa sabablarini aniqlashga kirishdi.
Izoh (0)